G‘azo hukumatining Axborot xizmati ma’lum qilishicha, jinoyatchi Isroil qurolli kuchlari "uzluksiz genosid va etnik tozalash" orqali G‘azo sektorining 77 foizini amalda nazorat qilmoqda. Xizmat BMT va xalqaro hamjamiyatni "barcha xalqaro qonun va me’yorlarning ochiqdan-ochiq buzilishini" to‘xtatish uchun choralar ko‘rishga chaqirmoqda.
G‘azo sektorida tong otganidan beri jinoyatchi Isroil hujumlari natijasida kamida 22 nafar falastinlik, jumladan, jurnalist Hasan Majdi Abu Varda va uning bir necha oila a’zolari halok bo‘ldi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil chorshanba kunidan beri G‘azoga yordam olib ketayotgan 100 ta yuk mashinasining kirishiga ruxsat bergan. Biroq bu miqdor ochlik xavfi ostida qolgan ikki million aholi ehtiyojlarini qondirishga yetarli emas.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, jinoyatchi Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida kamida 53 939 falastinlik halok bo‘lgan, 122 797 kishi esa yaralangan. Hukumat Axborot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar ham halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetganini ma’lum qildi.