Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Mag‘rur bobo!” – saraton tashxisidan keyingi Bayden surati jamoatchilikda ta’sir uyg‘otdi

“Mag‘rur bobo!” – saraton tashxisidan keyingi Bayden surati jamoatchilikda ta’sir uyg‘otdi

Bayden saraton kasalligiga chalingani e’lon qilinganidan so‘ng ilk bor jamoat oldida ko‘rinish berdi.

AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden nabirasi Robert Hanter Baydenning bitiruv marosimida ishtirok etdi. Ularning birgalikdagi suratini sobiq siyosatchining rafiqasi Jill Bayden Instagram'dagi sahifasida e’lon qildi.

"Mag‘rur buvi va bobo! Tabriklaymiz, Hanter, biz sen bilan judayam faxrlanamiz!", — deb yozdi Jill Bayden.

May oyining o‘rtalarida Baydenga prostata bezi saratoni tashxisi qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. The New York Times nashrining xabar berishicha, 82 yoshli siyosatchiga 16 may kuni tashxis qo‘yilgan. Shifokorlar saratonning agressiv shaklga o‘tganini va suyaklarga metastaz berganini aniqlashgan.

Kasalligi haqidagi xabarlar tarqalgach, Bayden o‘zini va oilasini qo‘llab-quvvatlayotganlarga minnatdorchilik bildirdi.

"Saraton barchamizga ta’sir qiladi. Ko‘pchiligingiz kabi Jill va men ham qiyin bo‘lgan vaziyatda eng kuchli ekanimizni bilib oldim. Bizga muhabbat va qo‘llab-quvvatlash bilan dalda berayotganingiz uchun tashakkur", — deb yozdi sobiq prezident ijtimoiy tarmoqda.

Kiritildi: 16:37 25.05.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!