Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hokon Fidan Rossiyaga boradi

Hokon Fidan Rossiyaga boradi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hokon Fidan 26-27 may kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Fidanning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashishi kutilmoqda.

Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Ukrainadagi vaziyat, Qora dengiz xavfsizligi va Suriyadagi jarayonlar ham kun tartibidan o‘rin olishi mumkin.

Fidanning Moskvaga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 12:10 25.05.2025. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!