Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Endi Rossiyada migrantlarga bittadan ortiq telefon raqamiga ega bo‘lish taqiqlanadimi?

Endi Rossiyada migrantlarga bittadan ortiq telefon raqamiga ega bo‘lish taqiqlanadimi?

Rossiyada migrantlar nomiga bittadan ortiq SIM-kartani rasmiylashtirishni taqiqlash taklif etilmoqda, deb xabar berdi “TASS”.

Bu ko‘zda tutilgan qonun loyihasi Rossiya Davlat dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov tomonidan ishlab chiqildi. Deputat fikricha, bunday cheklov mamlakatda xavfsizlik darajasini oshirish, kommunikasiyalar ustidan nazoratni ta’minlash va milliy manfaatlarni himoya qilishga xizmat qiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Terrorizm, josuslik, firibgarlik, kibertahdidlar bilan bog‘liq xatarlar kuchayib borayotganini inobatga olib, mamlakatda chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiyada SIM-kartalarga egalik qilishini cheklash choralarini ko‘rish zarur”.

Kiritildi: 11:33 25.05.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!