Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sud Trampning Garvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi

Sud Trampning Garvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi

Mart oyida AQSh prezidenti federal Ta’lim vazirligini tugatishni nazarda tutuvchi farmonni imzolagan edi. Tramp vazirlikni Amerikaning yomon akademik ko‘rsatkichlarida aybladi va shtatlar yaxshiroq ish qilishi mumkinligini aytdi.

Farmonga ko‘ra, maktab siyosati deyarli butunlay shtatlar va mahalliy kengashlar qo‘lida qoladi. Vazirlikning to‘liq yopilishi uchun Kongress akti talab qilinadi va Tramp buni amalga oshirish uchun ovozga ega emas.

Massachusets shtatining Boston shahridagi AQSh okrug sudi sudyasi Men Chjun Trampning Ta’lim vazirligini yo‘q qilish haqidagi farmonini bloklab, buni Kongress ma’qullashi zarurligini aytdi.

U, shuningdek, Tramp ma’muriyati prezident jamoasi apellyasiya berishga va’da bergan shu yil boshidagi dastlabki sud taqiqi doirasida ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qayta tiklashni buyurdi.

Kiritildi: 11:58 24.05.2025. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!