Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Hukmronlik davri yakunlandi: Amerika yo‘nalishini o‘zgartirmoqda

Hukmronlik davri yakunlandi: Amerika yo‘nalishini o‘zgartirmoqda

AQShning so‘zsiz hukmronligi davri tugadi. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens bayon qildi.

"Amerikaning so‘zsiz hukmronligi davri yakuniga yetdi. Bugun biz Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar tomonidan jiddiy tahdidlarga duch kelmoqdamiz," - deya izoh berdi siyosatchi Merilend shtatidagi Annapolisda joylashgan AQSh Harbiy-dengiz kuchlari akademiyasi bitiruvchilariga nutq so‘zlar ekan.

Uning ta’kidlashicha, Amerikaning raqobatchilari barcha sohalarda ustunlikka erishishga qat’iy azm qilgan.

Bundan tashqari, Vens qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati aniq maqsadlarsiz xorijda muddatsiz harbiy operasiyalarni boshlash niyatida emas. "Endi men aniqlik kiritmoqchiman. Tramp ma’muriyati yo‘nalishni o‘zgartirdi - endi noaniq vazifalar ham, muddatsiz nizolar ham bo‘lmaydi," - dedi u.

Siyosatchi shuni ta’kidladiki, Trampning Yaqin Sharqqa safari AQShning boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashish siyosatidan voz kechganligini anglatdi. U Vashington endi realizm va AQShning asosiy milliy manfaatlarini himoya qilishga asoslangan strategiyaga qaytayotganini qayd etdi.

Kiritildi: 20:55 23.05.2025. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!