Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Trampning Ukraina urushi bo‘yicha yangi pozisiyasi — “Bu mening muammoyim emas”

Trampning Ukraina urushi bo‘yicha yangi pozisiyasi — “Bu mening muammoyim emas”

Gazetaning manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa davlatlari yetakchilariga Moskva va Kiyev urushni tugatishga imkon beradigan yechimni o‘zlari topishi kerakligini bildirgan. Tramp bu gapni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 19 may kuni o‘tkazilgan telefon suhbatidan so‘ng aytgan.

The New York Times xulosasiga ko‘ra, Tramp, ko‘rinishidan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi natijasiz o‘t ochishni to‘xtatish muzokaralaridan chiqmoqda.

Muzokaralar jarayoni bilan tanish olti nafar amaldor NYT'ga bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp avvalroq bildirgan tahdidlaridan, ya’ni Qo‘shma Shtatlarning Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalariga qo‘shilishi fikridan voz kechgan.

Evropaning yuqori lavozimli bir rasmiysi Tramp, avval boshidanoq agar Rossiya o‘t ochishni to‘xtatmasa ham, sanksiyalarga qo‘shilishdan manfaatdor bo‘lmaganini ta’kidlagan.

Ismi oshkor qilinmagan Oq uy rasmiysi nashrga bergan izohida, AQSh tomonidan Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritilishi Qo‘shma Shtatlar biznesining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini, prezident Tramp esa amerikaliklar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni maksimal darajada kengaytirishni xohlashini bildirgan.

Kiritildi: 13:17 21.05.2025. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!