Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp AQShning supertexnologiyasini e’lon qildi

Tramp AQShning supertexnologiyasini e’lon qildi

“Oltin gumbaz” bizni barcha turdagi, jumladan, gipertovushli raketalardan ham 100 foiz himoya qiladi, dedi AQSh prezidenti.

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, “Oltin gumbaz” (Golden Dome) Qo‘shma Shtatlarga tashqi tahdidlardan himoyalanish uchun zarur va ushbu tizim uning prezidentlik muddati tugashiga qadar ishga tushirilishi lozim.

"Bu supertexnologiya dunyoda faqat bizda bor. “Oltin gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimini ishga tushirish taxminan 175 milliard dollarga tushadi", — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.

175 milliard dollar — bu dastur uchun rasmiy e’lon qilingan dastlabki baho hisoblanadi, biroq AQSh Kongressining Byudjet byurosi hisob-kitoblariga ko‘ra, “Oltin gumbaz”ning kosmik tarkibiy qismining o‘zi 20 yil davomida 524 milliard dollar mablag‘ni talab etadi.

Kiritildi: 10:53 21.05.2025. O'qildi: 764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!