Harvard CAPS/Harris so‘rovnomasiga ko‘ra, respondentlarning 59 foizi Tramp Putinga nisbatan yetarlicha bosim o‘tkazmayotganini aytgan. 66 foiz so‘ralganlar Putin AQSh va G‘arbni boshi berk muzokaralarga olib kelayotganini bildirsa, 62 foizi Zelenskiyni urushni chin dildan tugatishni istayotgan yetakchi deb baholagan.
Shu bilan birga, Trampning Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralariga munosabat partiyaviy bo‘linishni ko‘rsatmoqda: respublikachilarning 79 foizi qoniqarli deb hisoblasa, demokratlarning 76 foizi va mustaqil saylovchilarning 55 foizi bundan norozi.