Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Vengriya Milliy majlisi spikeri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Vengriya Milliy majlisi spikeri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 may kuni Budapesht shahriga rasmiy tashrif doirasida Vengriya Milliy majlisi spikeri Laslo Kyover bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan parlamentlararo yo‘nalishda yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat parlamentlari delegasiyalarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Milliy majlis spikeri o‘rinbosari Yanosh Latorsai ishtirok etdi. Yil yakuniga qadar Vengriya parlamenti spikeri o‘rinbosari va Iqtisodiyot qo‘mitasi rahbarining O‘zbekistonga, mamlakatimiz parlament delegasiyasining Budapesht shahriga tashrifi amalga oshiriladi.

Imzolangan bitimlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, eng avvalo, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, soliq va raqamlashtirish sohalarida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish uchun tegishli qo‘mitalar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 17:54 20.05.2025. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!