Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Evroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashda muhim bo‘lgan davlatlardagi delegasiyalarni kuchaytiradi

Evroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashda muhim bo‘lgan davlatlardagi delegasiyalarni kuchaytiradi

Evroittifoq 10 ta xorijiy vakolatxonadagi xodimlarini qisqartiradi va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashda muhim bo‘lgan davlatlardagi delegasiyalarni kuchaytiradi — Politico.

Evropa Ittifoqining Rashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Kaya Kallas Yevropa tashqi aloqalar xizmatini (EEAS) qayta tashkil etish rejasini taqdim etdi.

Politico nashrining yozishicha, Kallasning takliflari Yevrokomissiyaning yuqori lavozimli rahbarlari tomonidan ma’qullangan.

Qisqartirishlar asosan Yevroittifoq endilikda ko‘p sonli diplomat yuborishni istamayotgan mamlakatlardagi delegasiyalarni qamrab oladi. Bunga Belarus va Lesoto misol bo‘ladi.

Gazeta manbasining so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoqning ustuvorliklari endilikda rivojlanishga ko‘maklashishdan ko‘ra ko‘proq strategik manfaatlarga, sanksiyalarga rioya etilishini ta’minlash yoki mudofaa sohasidagi hamkorlikka yo‘naltirilmoqda.

"Natijada 2027 yilga qadar EEAS ning 144 ta vakolatxonasidan 10 tasida ishlayotgan taxminan 100 nafar xodim ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda. Bunga parallel ravishda, sanksiyalar rejimiga rioya etilishi uchun muhim bo‘lgan davlatlardagi delegasiyalar, masalan, Rossiyaning “soya flotiga” tegishli kemalar yuradigan bayroqlar ostidagi mamlakatlardagi tarkib kuchaytiriladi", deb yozadi Politico.

Kiritildi: 14:26 20.05.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!