Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdolari fosh etildi

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdolari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Denov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “D.S.” MCHJ rahbari S.X. savdo do‘konida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 71,2 mln so‘mlik 765 dona alkogol va 80,5 mln so‘mlik 2 328 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, undan jami 151,6 mln so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Tuproqqal’a tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.M. savdo do‘konida qalbaki aksiz markali 17 turdagi 553 dona alkogol va 9 turdagi 166 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.Q. savdo do‘konida kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 29 turdagi 610 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:04 19.05.2025. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!