Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Jabaliyadagi falastinlik ota: “Xotinim va bolalarim hali ham vayronalar ostida”

Jabaliyadagi falastinlik ota: “Xotinim va bolalarim hali ham vayronalar ostida”

"Xotinim va bolalarim hali ham vayronalar ostida," deydi Jabaliya hujumidan keyin bir erkak.

Al-Jazeera: G‘azoning shimoliy qismidagi Jabaliya shahrida Isroil hujumidan so‘ng uyi vayron bo‘lgan, xotini va uch farzandi xarobalar ostida qolgan falastinlik erkak bilan suhbatlashdik.

Husayn Ode shunday deydi: "Ko‘chada turib, bizni bu hududdan olib chiqib ketadigan haydovchi qidirayotganimda, uyimizga hujum qilindi. Xotinim va bolalarim hali ham vayronalar ostida yotibdi - bechora go‘daklarim, uch yoshli, besh yoshli va to‘qqiz yoshli bolalarim."

Odening aytishicha, uning qizi, opa-singillari va onasi Isroilning G‘azoga qarshi urushi boshlanishida boshqa bir hujumda halok bo‘lgan. "Mana endi yana..." deya u so‘zini yakunladi.

"Ularni qutqarib olishni juda-juda xohlayman, ammo qanday qilishni bilmayman. Yuz bergan voqeadan karaxt bo‘lib qolganman. Hozirgina o‘g‘lim vayronalar ostidan menga ovoz berdi. Faqatgina kimdir menga ulardan biror yodgorlik... oilamdan biror narsani topib bersa edi."

Kiritildi: 21:57 17.05.2025. O'qildi: 558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!