Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qatar va Saudiya Arabistoni Suriyaning qarzini to‘lab berdi: Jahon banki yordam dasturlarini qayta tikladi

Qatar va Saudiya Arabistoni Suriyaning qarzini to‘lab berdi: Jahon banki yordam dasturlarini qayta tikladi

Jahon banki Suriyaga ko‘mak dasturlarini qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Bu qaror Qatar va Saudiya Arabistoni Suriyaning ushbu moliyaviy tashkilot oldidagi 15,5 million AQSh dollari miqdoridagi qarzini to‘liq to‘lab bergach qabul qilindi.

Jahon banki matbuot xizmati tarqatgan hujjatda quyidagicha deyiladi:
“Suriya Arab Respublikasi Jahon banki oldidagi taxminan 15,5 million dollarlik qarzini to‘liq to‘lagan. Mazkur to‘lov Saudiya Arabistoni Qirolligi va Qatar Davlati tomonidan amalga oshirildi. Shunday qilib, bankning amaldagi operasion siyosatiga rioya etish sharti bilan Suriyaga yangi yordam dasturlarini amalga oshirish huquqi tiklandi.”

Birinchi bosqichda Jahon banki dasturi Suriya aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratiladi. Kelgusida yordam hajmi bosqichma-bosqich oshiriladi — bu orqali mamlakatning dolzarb ehtiyojlarini qondirish va uzoq muddatli rivojlanishga sarmoya kiritish ko‘zda tutilgan.

Qatar va Saudiya Arabistoni aprel oxirida Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzlarini to‘lash majburiyatini zimmasiga oldi. 8-may kuni Suriyaning o‘tish davridagi moliya vaziri Muhammad Yasir Barniya ma’lum qilishicha, Qatar uch oy davomida Suriyaga har oy $29 million ajratib turadi. Ushbu mablag‘ ish haqi jamg‘armasi uchun yo‘naltiriladi va bu muddat uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, aprel oxirida Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Aleksey Overchuk Jahon banki Suriyadagi inqiroz sharoitida ushbu mamlakat xalqiga to‘liq yordam ko‘rsatishi lozimligini ta’kidlagan edi. 14-aprel kuni Jahon bankining texnik delegasiyasi Damashqda Suriyaning energetika infratuzilmasini tiklash va davlat sektori xodimlariga to‘lovlar masalasida muzokaralar o‘tkazdi. Bu — so‘nggi yillarda Suriyaning moliya vaziri va Jahon banki vakillari o‘rtasida o‘tgan ilk ochiq uchrashuv bo‘ldi.

Kiritildi: 14:33 17.05.2025. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!