Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Rus tili bo‘yicha testdan o‘ta olmagan migrant bolalarni uylariga jo‘natish taklif qilindi

Rus tili bo‘yicha testdan o‘ta olmagan migrant bolalarni uylariga jo‘natish taklif qilindi

Rossiya maktablarida o‘qish uchun rus tilini bilish bo‘yicha testdan uch marta o‘tolmagan migrant bolalar Vatanga qaytib, ota-onalarini uyda kutishlari kerak. Bu fikrni Davlat Dumasi Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Yaroslav Nilov Qozonda bo‘lib o‘tgan “Rossiya – Islom dunyosi” forumida TASS axborot agentligiga bergan intervyusida bildirgan.

“Agar o‘qishga qodir bo‘lmasa – faqat bir marta emas, ikkinchi marta ham test topshirishga ruxsat beriladi, lekin bu son chegaralanishi kerak. Uch marta topshirdi – o‘tolmadi – uyga qaytadi, ota-onasini uyda kutadi. Tamom, boshqa gap yo‘q”, – dedi Nilov.

Avvalroq u migrant bolalarning rus tilini bilish testidan o‘tishi uchun belgilangan muddatni ikki yil bilan cheklovchi qonun loyihasini ishlab chiqqanini aytgandi. U eslatishicha, 1-apreldan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga qabul qilish taqiqlangan, biroq test topshirish soniga hozircha hech qanday cheklov yo‘q.

“Bizda achinarli statistika bor: mingta bolaning atigi 30 tasi testni topshirgan. Ba’zilarining Rossiyada qonuniy yashash huquqi yo‘q, boshqalari hujjatlarni to‘g‘ri to‘ldira olmagan, yana boshqalar esa testdan o‘tolmagan”, – deya ta’kidladi Nilov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat Davlat Dumasidagi deputatlar tomonidan bolalarni testdan o‘tkazish zarurati haqidagi qonun to‘g‘ri qabul qilinganini ko‘rsatadi. “Agar biz buni qilmaganimizda, o‘qishga qodir bo‘lmagan bu guruhlar bizning ta’lim muassasalarimizda ishtirok etib, o‘qituvchilarning e’tiborini chalg‘itar, natijada rossiyalik bolalarning ta’lim sifati pasaygan bo‘lardi”, – dedi Nilov.

Uning ta’kidlashicha, o‘qituvchilar o‘z vaqtining katta qismini “o‘qishga qodir bo‘lmaganlarni o‘qitishga” sarflaganlari sababli, Rossiyalik bolalar Yagona davlat imtihoni va asosiy davlat imtihonini topshira olmay qolmoqda.

Kiritildi: 12:17 16.05.2025. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!