Shaxs Moskvadagi Vnukovo aeroportida Interpol tomonidan ushlandi. Bu haqda RF IIV matbuot xizmati xabar berdi.
U qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan qariyb $20 mln. foyda olib, kreditni qaytarmasdan, xorijga qochib ketgan.
Ayblanuvchining Rossiyaga borish ehtimoli haqida ma’lumot olingach, samolyot qo‘ngandan so‘ng u darhol ushlangan va o‘sha kuniyoq O‘zbekistonga jo‘natilgan. Aeroportda esa uni huquq-tartibot idoralari qo‘lga olgan.