11 may kuni soat 18:18 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Jasorat ko‘chasida joylashgan, ishlab chiqarish korxonasi hududida, chiqindi saqlash joyida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:25 da yetib borib, hozirda yong‘in o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.