Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Elchi inkor qildi: Tramp Falastinni tan olish niyatida emas

Elchi inkor qildi: Tramp Falastinni tan olish niyatida emas

AQShning Isroildagi elchisi Mayk Xakabi Isroil ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarni rad etdi. Unda prezident Donald Tramp go‘yoki Yaqin Sharqqa bo‘lajak tashrifi paytida Falastin davlatini tan olish niyatida ekanligi aytilgandi.

Mish-mishlarga Trampning shu hafta bergan bayonoti sabab bo‘ldi. U "juda muhim e’lon" va’da qildi - bu "tarixdagi eng ahamiyatli" va ayni paytda "juda ijobiy" e’lonlardan biri bo‘lishini ta’kidladi. Ushbu bayonot turli taxminlar to‘lqinini keltirib chiqardi, jumladan, Falastinni tan olish ehtimoli haqidagi fikrlar ham paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 07:44 11.05.2025. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!