Buyuk Britaniya bosh vaziri Ukrainada G‘arb kontingentini joylashtirish masalasi hali hal qilinmaganini ma’lum qildi.
"Dengizda, havoda va quruqlikda tinchlikparvar kuchlar kontingentini joylashtirish masalasida, albatta, ma’lum bir o‘zgarishlar bor, lekin yakuniy qarorga kelinmagan, chunki biz hali o‘t ochishni to‘xtatish jarayoniga yetganimiz yo‘q. Shuning uchun mandat qanday bo‘lishi haqida ham o‘ylayapmiz, bu Ukrainaning ehtiyojlariga bog‘liq", — deya bunga izoh berdi Kir Starmer Kiyevdagi matbuot anjumanida.
Fransiya prezidenti esa kontingent bo‘yicha qaror Rossiyaning tinchlik kelishuviga bergan javobi, shuningdek, Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muzokaralarga bog‘liq bo‘lishini aytdi.
"Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarligida barcha hamkorlar o‘rtasida muhokamalar davom etmoqda. Ammo hali natijani e’lon qilolmayman. Biz turli variantlar ustida ishlayapmiz va qaror Rossiyaning javobiga bog‘liq bo‘ladi. Sulhga rozilik bo‘yicha javob berilganidan so‘ng, eng samarali taklif ustida ishlaymiz. Kuch bilan tiyib turish — bu bir variant. Lekin barchasi Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar jarayoniga bog‘liq bo‘ladi", — deya ta’kidladi Fransiya prezidenti.