Zelenskiy va Yevropa yetakchilari telefon muloqotida Trampga, agar o‘t ochish to‘xtatilsa, Ukraina Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini aytishgan, deb xabar bermoqda Axios.
"Tramp Ukraina o‘t ochish rejimiga rioya qilishni bildirgani va Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga rozi bo‘layotganidan mamnun ko‘rinadi", — deydi 15 daqiqalik telefon suhbati tafsilotlaridan xabardor bo‘lgan manba.
Nashrning yozishicha, suhbat paytida Trampga, shuningdek, agar Putin 30 kunlik sulhga rozi bo‘lmasa, Yevropa davlatlari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilishi aytilgan.
"Endi Rossiyaning bunga qanday munosabat bildirishini kutyapmiz", – dedi nashr manbalaridan biri.