Sulh kelishuvi e’lon qilinganidan to‘rt soatdan kamroq vaqt o‘tib, Pokiston va Hindiston chegarasida portlash ovozlari eshitila bishladi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
"Jammu va Kashmirdagi Srinagar bo‘ylab portlash ovozlari eshitilmoqda. O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga nima bo‘ldi?", — deb yozdi Jammu va Kashmir bosh vaziri Umar Abdulla ijtimoiy tarmoqda.
AFP agentligining Hindiston hukumatidagi manbasining ma’lum qilishicha, Pokiston Hindiston bilan erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzgan.
Pokiston harbiylari hozircha bu xabarga munosabat bildirgani yo‘q.