Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Yo‘l harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi belgilandi

Yo‘l harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, jarima ballari faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida hisoblanadi.

Jarima ballari haydovchilar qoidabuzarliklarni birinchi marta sodir etgan kundan boshlab, keyingi yil shu kunga qadar amalda hisoblanadi.

Jarima ballarini hisoblash davrida jarima ballari o‘n ikki ballga yetmasa, to‘plangan ballar keyingi jarima ballarini hisoblash davri uchun hisoblanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jarima ballarini hisoblash tartibi:

▫️jarima ballari tizimi "E-jarimaball" moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblanadi;
▫️haydovchilar o‘zining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni istalgan paytda "E-jarimaball" tizimi orqali olishlari mumkin;
▫️haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar sakkiz ballga teng bo‘lganda "SMS" xabar yuborish yo‘li bilan ogohlantiriladi;
▫️sud tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan deb topilsa, jarima ballari huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Mazkur qaror 2025-yil 1-iyundan kuchga kiradi.

Kiritildi: 13:41 10.05.2025. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!