Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Milliy qo‘mondonlik yig‘ilishini chaqirdi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Milliy qo‘mondonlik xavfsizlik masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiluvchi fuqarolik va harbiy mansabdor shaxslarning oliy organi hisoblanadi.
Hindiston va Pokiston munosabatlari aprel oyi oxirida keskinlashgan. 10-mayga o‘tar kechasi Hindiston Pokiston havo bazalariga bir necha marta raketa zarbalari berdi. Pokiston Qurolli kuchlari vakili hujumni mintaqani beqarorlashtiruvchi o‘ta xavfli hodisa deb atadi. Bunga javoban Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli harbiy operasiya boshlanganini e’lon qildi.