Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qirollik floti qo‘mondonining xotiniga xiyonati iste’foga sabab bo‘ldi

Qirollik floti qo‘mondonining xotiniga xiyonati iste’foga sabab bo‘ldi

Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-dengiz floti qo‘mondoni admiral Ben Ki qo‘l ostidagi xodim bilan munosabati tekshirilayotgani sababli iste’foga chiqdi.

Bu haqda The Telegraph gazetasi admiralga yaqin manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi admiralning flot xodimalaridan biri bilan aloqalari yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda. Tergov davrida flot rahbari vazifasini vitse-admiral ser Martin Konnel bajaradi.

59 yoshli Ki uylangan va uch farzandi bor. The Telegraph ta’kidlashicha, qo‘mondon yozda iste’foga chiqishni rejalashtirgan, ammo lavozimini ertaroq tark etishga majbur bo‘lgan. Nashr manbalariga ko‘ra, Ki flotning ahvolidan norozi bo‘lgan va yozda oilasi bilan osoyishta dam olishni istagan.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi vakillari nashrga tergov davom etayotganini ma’lum qildi va qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortdi. Admiralning o‘zi hozircha vaziyatni sharhlamadi.

Kiritildi: 10:52 10.05.2025. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!