Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

IndiGo 14 iyungacha Toshkent va Olmaota reyslarini to‘xtatdi, sababi...

IndiGo 14 iyungacha Toshkent va Olmaota reyslarini to‘xtatdi, sababi...

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi 14 iyunga qadar Toshkent va Olmaotaga kunlik reyslarni to‘xtatdi.

Bu haqda kompaniya rasmiy vakili RTI agentligiga ma’lum qildi.

24 apreldan Pokiston havo hududi yopilgandan so‘ng, G‘arbga parvozlarni amalga oshiruvchi Hindiston aviakompaniyalari uzoqroq yo‘nalishlarni tanlay boshladi va tor fyuzelyajli samolyotlar uzoq vaqt davomida qo‘nishsiz parvozlarni amalga oshira olmaydi. IndiGo Qozog‘iston va O‘zbekiston poytaxtlariga tor fyuzelyajli Airbus samolyotlarida parvozlarni amalga oshiradi.

"Afsuski, Olmaota va Toshkent hozirgi IndiGo parkining operasion diapazonidan tashqarida," - deya ta’kidladi aviakompaniya.

Kiritildi: 19:30 08.05.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!