2025 yil 7 may kuni soat taxminan 15-06 larda Kattaqurg‘on tumani, “Qushtepa” MFYda joylashgan “YIGITALI” MCHJga qarashli AYOQSh hovlisida yer usti qismida joylashgan 2 dona hajmi 10 m3 bo‘lgan yoqilg‘i saqlovchi sig‘imlariga (solyarka) “ZIL” rusumli avtomashina yoqilg‘i quyish vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash natijasida 2 nafar fuqaro vafot etgan va 1 nafar fuqaro tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.