Qashqadaryo viloyati hokimi prezidentning tabrigini o‘qib eshittirish uchun O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadoniga tashrif buyurdi.
Qamashilik Ro‘ziboy bobo Sattorov 115 yoshni qarshi olgan bo‘lib, bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov davlat rahbarining tabrigini Ro‘ziboy boboga o‘qib eshittirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Ikkinchi jahon urushi yillarida Qashqadaryo viloyatidan 47051 nafar mard va botir o‘g‘lonlar frontga jo‘natilgan. Ularning 24974 nafardan ortig‘i jang maydonlarida halok bo‘lgan.
Ikkinchi jahon urushi faxriysi, urushga qatnashganlar ichida eng yoshi ulug‘i Ro‘ziboy bobo Sattorov hisoblanadi.