Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi

Hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar A.Q. va J.T. belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan fuqaro SH.SH.ning “Bog‘izilol” MFY hududidagi binosida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib, tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 221,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.X. “Do‘stlik” MFY hududidagi issiqxonasida tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 190 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:37 08.05.2025. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!