Ilhom Aliyev Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun Moskvaga bormaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
"Afsuski, Aliyev kelmasligi haqida xabar oldik. Ular uni Haydar Aliyevga bag‘ishlangan ichki tadbirlarda ishtirok etishi kerakligini tushuntirishdi", – deya ta’kidladi Ushakov.
Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasidagi munosabatlar 2024 yil dekabrida sovuqlasha boshlagan edi. Avvalroq Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Bokudan Rossiyaning Grozniy shahriga yo‘l olgan samolyot Qozog‘iston hududida halokatga uchragan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi sababchi bo‘lgan.
Aliyev oxirgi marta 2015 yilning 9 may kuni Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etgan, deb yozadi “Vedomosti” gazetasi.