Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladi

Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladi

Bu poliklinikalarda oilaviy shifokorning bazaviy oyligi 500 dollar, hamshiraniki 300 dollar bo‘ladi. Oilaviy shifokor va hamshira malaka sertifikati olsa, yana shuncha ustama to‘lanadi.

Agar ular mahallada yurib, surunkali kasali borlarga vaqt ajratsa, ularni kasallik bilan yashash va uni boshqarishga o‘rgatsa, onkologik, diabet, insult, infarkt kabi kasalliklarni erta aniqlab, og‘ir asoratlarning oldini olsa, bularning hisobiga tez yordam va stasionarga murojaatni qisqartirsa, shifokorga yana 500 dollar, hamshiraga esa qo‘shimcha 300 dollar beriladi.

“Bir so‘z bilan aytganda, oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz. Bu orqali biz shunchaki oylikni emas – inson qadrini oshirgan bo‘lamiz. Lekin, natija ham shunga yarasha bo‘lishi kerak”,
- dedi Prezident.

Endi mahallada bitta bo‘lsa ham infarkt, insult, onalar va bolalar erta o‘limi, surunkali kasallik tufayli orttirilgan nogironlik favqulodda holat deb qabul qilinishi lozimligi qayd etildi.

Kiritildi: 14:57 07.05.2025. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!