Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

"T'way Air" Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

"T'way Air" Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Janubiy Koreyaning "T'way Air" aviakompaniyasi Seul-Toshkent-Seul yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Birinchi reys joriy yilning 23-may kuniga belgilangan.

Parvozlar haftasiga to‘rt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Boeing 777-300 va Airbus A330-300 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

"T'way Air" - 2010- yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Seulda joylashgan Janubiy Koreyaning arzon aviakompaniyasi.

Kiritildi: 12:59 07.05.2025. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!