Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Putinning “G‘alaba kuni” munosabati bilan 3 kunlik sulh taklifini rad etdi va o‘t ochishni 30 kun davomida to‘xtatishni talab qildi

Zelenskiy Putinning “G‘alaba kuni” munosabati bilan 3 kunlik sulh taklifini rad etdi va o‘t ochishni 30 kun davomida to‘xtatishni talab qildi

Bu haqda “Interfaks-Ukraina” nashri xabar bermoqda.

Ukraina prezidenti, shuningdek, Kiyev 9 may kuni Moskvadagi paradga keladigan dunyo yetakchilarining xavfsizligini kafolatlay olmasligini aytdi.

"9 may kuni Moskvadagi paradga rahbar yoki vakillari boradigan barcha davlatlarga shuni aytamizki, Rossiya hududida sodir bo‘layotgan voqealar uchun biz javobgarlikni o‘z zimamizga ololmaymiz. U yerda sizning xavfsizligingizni Moskva ta’minlaydi, shuning uchun biz hech qanday kafolat bera olmaymiz. Chunki Rossiya aynan shu sanalarda nima qilishini bilmaymiz", — deya Zelenskiyning so‘zlarini keltiradi “Interfaks-Ukraina”.

Ukraina yetakchisi, shuningdek, xorijiy davlatlar yetakchilariga 9 may kuni Moskvadagi paradga borishni tavsiya etmasligini aytdi.

Kiritildi: 09:12 04.05.2025. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!