Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Pokiston Hindiston bilan munosabatlar keskinlashgan sharoitda raketa sinovini o‘tkazdi

Pokiston Hindiston bilan munosabatlar keskinlashgan sharoitda raketa sinovini o‘tkazdi

3 may shanba kuni Pokiston 450 kilometrgacha bo‘lgan uzoqlikka ucha oladigan "Abdali" ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Associated Press xabar berishicha, bu voqea Kashmir mintaqasidagi Paxalgam kurort shahrida sodir etilgan hujumdan so‘ng Hindiston bilan munosabatlarning keskin yomonlashuvi fonida yuz berdi.

Pokiston harbiy kuchlari vakillari ushbu sinovning armiyaning jangovar shayligini va raketaning asosiy texnik ko‘rsatkichlarini, jumladan, navigasiya tizimlari va manyovr qilish qobiliyatini tekshirishga qaratilganini ta’kidladilar. Prezident Osif Ali Zardariy va Bosh vazir Shahboz Sharif ishlab chiqaruvchilarni muvaffaqiyatli sinov bilan tabrikladi.

Raketaning uchishi Hindiston chegarasi tomon emas, balki Arab dengizi yoki Balujiston sahrolari yo‘nalishida amalga oshirildi.

Kiritildi: 23:44 03.05.2025. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!