Xitoyning AQShdagi elchisi Se Fen AQSh Xitoyni bojlar bilan qo‘rqita olmasligini aytdi va ikki tomonlama savdo masalalari bo‘yicha teng huquqli muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi.
U "boj stavkalarining ko‘tarilishi iqtisodiyotni beqarorlashtirishi va o‘sishni sekinlashtirishi"ni ta’kidladi. Diplomat, Xitoy o‘z huquqlari va xalqaro savdo tartibini himoya qilishini bildirdi.
Se Fen, Xitoy xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni chuqurlashtirishda davom etishini va dunyo uchun ochiq bo‘lishini qo‘shimcha qildi, chunki ochiqlik taraqqiyotga, yakkalanish esa turg‘unlikka olib keladi, deb hisoblaydi.
Shuningdek, u Xitoy-Amerika iqtisodiy munosabatlari muvozanatli va o‘zaro manfaatli ekanligini, Xitoy barqaror o‘sish va yanada ochiqlik yo‘lini saqlab qolishini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 2 aprel kuni 185 mamlakatdan keladigan mahsulotlarga bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Xitoy bunga javoban Amerika tovarlariga bojlarni 125 foizgacha oshirdi.