Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Axios: Tramp Saudiyada mintaqa davlatlari rahbarlari bilan uchrashmoqchi

Axios: Tramp Saudiyada mintaqa davlatlari rahbarlari bilan uchrashmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp may oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistoniga safari chog‘ida Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqchi. Bu haqda Axios portali manbalarga tayanib xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, sammitda Tramp "AQShning Yaqin Sharqdagi roli bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etish"ni, shuningdek, o‘z ma’muriyatining mintaqadagi maqsadlarini bayon etishni rejalashtirmoqda. Uchrashuvda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudning taklifiga binoan Saudiya Arabistonidan tashqari Bahrayn, Qatar, Quvayt, BAA va Ummonni o‘z ichiga olgan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirok etishi mumkin.

Boshqa davlatlar rahbarlarining ishtiroki hozircha rejalashtirilmagan, ammo uni istisno qilib bo‘lmaydi, deya ta’kidlaydi portal. Uchrashuv 14 may kuni bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq Oq uy Tramp 13-16 may kunlari Yaqin Sharqqa safar qilishi, safar davomida Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga tashrif buyurishini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 21:35 03.05.2025. O'qildi: 558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!