Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Anqara Netanyaxuning samolyoti haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

Anqara Netanyaxuning samolyoti haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

Turkiya Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning samolyoti uchib o‘tishiga ruxsat bergani haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, dedi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Onju Kecheli.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Anqara bunday so‘rov olmagan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 7-11 may kunlari Ozarbayjonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi Isroil hukumati rahbari idorasi. Bir qator ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya Netanyaxu samolyotining Bokuga uchib o‘tishi uchun o‘z osmonidan foydalanishga ruxsat berishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 19:24 03.05.2025. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!