Bu haqda jurnalistlar Google'ning shaffoflik hisobotini tahlil qilgan “Verstka” internet nashri xabar bermoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga ko‘p va 2009-yilda statistik ma’lumotlar e’lon qilina boshlaganidan beri rekord ko‘rsatkichdir, deya qayd etadi nashr.
Rossiya rasmiylari olib tashlashni talab qilayotgan kontent hajmi ketma-ket 14 yil davomida ortib bormoqda. “Ukrainaga to‘liq miqyosda bostirib kirishdan keyingi uch yil ichida bunday kontent hajmi deyarli ikki baravar ko‘paydi – 2021-yilda Google'ga atigi 393,7 ming kontentni olib tashlash bo‘yicha so‘rovlar kelib tushgan”, — deyiladi nashrda.
Rossiya rasmiylari 2024-yilda olib tashlamoqchi bo‘lgan kontentning deyarli 95 foizi Google qidiruv natijalaridagi havolalar, qolgan 5 foizi esa You Tube'dagi videolar edi, deya aniqlik kiritadi Verstka. “Rossiya hukumati 24,6 ming birlik kontentni, ularning fikricha, milliy xavfsizlikka ta’sir qilishi, 1,4 ming birligi o‘z joniga qasd qilish targ‘ibotini o‘z ichiga olgani uchun, 17,5 ming birligi mualliflik huquqi buzilgani va yana 2,5 ming birligi “giyohvand moddalarni iste’mol qilgani” sababli olib tashlashni talab qildi”, — deyiladi nashr ma’lumotlarga tayanib.
2024-yilda Google 56 000 ga yaqin kontentni o‘chirish bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib chiqdi va 30 000 dan sal ortig‘i olib tashlandi.