Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

G‘azo aholisi oziq-ovqat va ichimlik suvidan deyarli butunlay mahrum - BMT

G‘azo aholisi oziq-ovqat va ichimlik suvidan deyarli butunlay mahrum - BMT

G‘azo sektoridagi oziq-ovqat va ichimlik suvi zaxiralari Isroil hukumati tomonidan Falastin anklaviga gumanitar va oziq-ovqat yuklarini yetkazib berishning to‘liq blokadasi boshlanganidan roppa-rosa ikki oy o‘tib deyarli nolga teng bo‘ldi, dedi BMTning G‘azodagi Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakili Olga Cherevko Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qamal boshlanishi bilan anklavda "yomon ssenariy amalga oshgunga qadar teskari sanoq" boshlangan. Shunday qilib, G‘azoda yoqilg‘i endi faqat eng zarur operasiyalarni ta’minlash uchun qat’iy rejimda taqsimlanadi. "Oziq-ovqat zaxiralari deyarli tugagan, suvdan foydalanish imkonsiz bo‘lib qolmoqda, shifoxonalar esa qon zaxiralari tugagani haqida xabar bermoqda, chunki ularga ommaviy ravishda jabrlanganlar kelishda davom etmoqda," - deya ta’kidladi boshqarma vakili.

Kiritildi: 23:26 02.05.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!