Irlandiya, Avstriya va boshqa davlatlar hukumatlari Isroilning G‘azoni 60 kundan ortiq qamal qilishini qoraladi. Amnesty International tashkiloti oziq-ovqat va dori-darmonlarni to‘sishni "harbiy jinoyat" deb baholadi.
G‘azodagi gumanitar muvofiqlashtiruvchi Amjad Shava, Isroil qamali tufayli "butun mintaqa ochlikka mahkum bo‘lgani" sababli, ko‘proq bolalar to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida halok bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Tibbiyot manbalariga ko‘ra, bugunning o‘zida Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlari natijasida kamida 35 kishi halok bo‘lgan. Bureyjga uyushtirilgan bitta hujumda bir oilaning to‘qqiz a’zosi jon bergan.
Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi 30 nafar faolni olib ketayotgan G‘azo Ozodlik flotiliyasi kemasi bombardimon qilindi. Guruh bu hujumda Isroil yoki uning ittifoqchilaridan birini aybladi. Qurbonlar bo‘lmagan.
Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida kamida 52 418 falastinlik halok bo‘ldi, 118 091 nafari yaralandi, deb xabar berdi anklavning Sog‘liqni saqlash vazirligi. G‘azo hukumati matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetkazdi.