Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

DW: AQSh va Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarning uchinchi bosqichini o‘tkazdi

DW:  AQSh va Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarning uchinchi bosqichini o‘tkazdi

Ushbu uchrashuv 26 aprel kuni Ummonda bo‘lib o‘tdi. Muzokarlarning uchinchi bosqichida AQSh delegasiyasiga Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, Eron tomoniga esa mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi rahbarlik qildi.

Bundan tashqari, har ikki delegasiya tarkibiga maxsus ekspertlar ham kiritilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan muloqotning uchinchi bosqichi natijalari hozircha noma’lum.

Ummon Tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaydiyning ma’lum qilishicha, Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralar may oyi boshida davom etadi. U 26 aprel kungi maslahatlashuvlar barcha ishtirokchilarning "o‘zaro hurmatga asoslangan kelishuvga erishish" istagini namoyon etganini qo‘shimcha qildi.

"Muzokaralarning maqsadi Eronga yadro qurolini yaratishiga yo‘l qo‘ymaslik va Qo‘shma Shtatlarning Tehronga qarshi sanksiyalarini bekor qilish evaziga yadroviy dastur bo‘yicha yangi kelishuv tuzishdan iborat", deb yozadi DW.

Kiritildi: 22:17 26.04.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!