Rossiyada yuz bergan YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 14 aprel kuni Astraxan viloyatida ikki yengil mashina to‘qnashdi.
Hodisa oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, ularning 11 yoshli o‘g‘li esa yengil jarohat olib shifoxonaga yotqizildi.
Bolaning sog‘lig‘i tiklanganidan so‘ng, IIV, Bosh konsulxonalar va Bolalar ombudsmani ko‘magida u Vatanga qaytarilib, xolasi qaramog‘iga topshirildi.