Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Qrim Rossiya tarkibida qoladi!

Qrim Rossiya tarkibida qoladi!

- Qrim Rossiya tarkibida qoladi. Bu Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha kelishuv doirasida bo‘ladi, Zelenskiy buni tushunadi;

- Men Ukraina hech qachon NATOga a’zo bo‘lolmaydi deb o‘ylayman. Avval boshdan bu urushning boshlanishiga aynan Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar sabab bo‘lgan, deb hisoblayman. Agar bu masala ko‘tarilmaganida edi, urush boshlanmasligi ehtimoli ancha katta bo‘lardi;

- Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar yaxshi ketmoqda, kelishuvga erishishimizga juda yaqin qoldi;

- O‘z prezidentlik davrimda Ukrainada tinchlikka erishish mumkinligiga ishonaman;

- Meni “urushni bir kun ichida hal qilaman” degan so‘zlarim mubolag‘a va obrazli ifoda bo‘lganini tan olaman, ammo baribir uni yakunlashga va’da beraman;

- Grenlandiyani sotib olish, Kanadani AQShning 51-shtatiga aylantirish va Panama kanalini Vashington nazoratiga qaytarish haqidagi gaplarim hazil emas;

- Prezidentlikka uchinchi muddatga nomzod bo‘lishim uchun “huquqiy yo‘llar” mavjudligini bilaman. Men hozir bu haqda gapirishni xohlamayman, ammo bilasiz, ayrim “bo‘shliqlar” muhokama qilingan va ular yaxshi ma’lum. Lekin men ularning ishlashiga ishonmayman;

- Vashington Tehron bilan kelishuvga erisha olmasa, Isroilning Eronga hujumini qo‘llab-quvvatlashi mumkin;

- Biz Koreya va Yaponiya armiyalari uchun milliardlab dollar to‘layapmiz;

- Savdo urushi natijasida erishilgan bitimlar haqida uch-to‘rt hafta ichida e’lon qilaman.

Kiritildi: Bugun 01:57. O'qildi: 2928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!