Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Pokiston hukumati Hindiston tomonining ehtimoliy hujumiga “to‘liq kuch bilan” javob qaytaradi

A A A
Pokiston hukumati Hindiston tomonining ehtimoliy hujumiga “to‘liq kuch bilan” javob qaytaradi

Bu haqda Islom Respublikasi Mudofaa vaziri Xavaja Osif ma’lum qildi.

«Agar Hindiston tomonidan qandaydir harbiy harakat boshlansa, bunga keskin javob beriladi. Agar ular hujum qilsa yoki shunga o‘xshash harakatlarga qo‘l urishsa, katta miqyosdagi qarshi zarba bo‘ladi. Bu holat to‘liq urushga aylanib ketishi mumkin.

Yadro quroliga ega davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat har doim xavotirli. Dunyo hamjamiyati bunga e’tibor qaratishi kerak. Bu — subkontinentda joylashgan ikki yadro davlati. Vaziyat nazoratdan chiqsa, oqibatlari halokatli bo‘lishi mumkin», - dedi Pokiston mudofaa vaziri Xavoja Osif.

Kiritildi: Bugun 01:37. O'qildi: 867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!