Javob takliflari quyidagilardan iborat:
◾️ Havoda, qurqlikda va dengizda o‘t ochishni to‘liq va doimiy tarzda to‘xtatish;
◾️ Ukraina va Rossiya tomoni AQSh hamda Yevropa davlatlari ishtirokida muzokaralarni texnik amalga oshirishga kirishadi. Shu bilan birga, to‘liq tinchlik kelishuviga erishish uchun kun tartibi va shartlarni tayyorlash amalga oshiriladi;
◾️ O‘t otishni to‘xtatish ustidan nazorat jarayonini AQSh boshqaradi va uni uchinchi mamlakatlar qo‘llab-quvvatlaydi;
◾️ Rossiya barcha deportasiya qilingan va noqonuniy ko‘chirilgan ukranalik bolalarni hech qanday shartlarsiz qaytarishi zarur;
◾️ Harbiy asirlarni “hammasini hammasiga” tamoyili asosida almashish lozim;
◾️ Rossiya barcha fuqarolik mahbuslarini ozod qilishi kerak;
◾️ Ukraina AQSh tomonidan NATO nizomining 5-moddasiga o‘xshash ishonchli xavfsizlik kafolatlarini oladi. Ushbu kafolatlar Ukraina alyansga a’zo bo‘lish bo‘yicha ittifoqchilar kelishuvga erishmagunga qadar amal qiladi;
◾️ Ukraina Mudofaa Kuchlarining faoliyatiga hech qanday cheklovlar qo‘yilmaydi;
◾️ Tinchlik jarayoni kafolatchilari sifatida Yevropa davlatlari va Yevropadan tashqaridagi xohlagan mamlakatlar qatnashishi mumkin;
◾️ Ukraina hududida do‘st davlatlar qurolli kuchlari ishtirokidagi faoliyat, jumladan, qurol-yarog‘lardan foydalanish va operasiyalarga hech qanday cheklovlar qo‘yilmaydi;
◾️ Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga harakat qilishi mumkin;
◾️ Barcha hududiy masalalar o‘t ochish to‘liq va barqaror tarzda to‘xtatilganidan so‘ng muhokama qilinadi va hal etiladi;
◾️ Hududlar bo‘yicha muzokaralar amaldagi front chizig‘i asosida boshlanadi;
◾️ Ukraina AQSh ishtirokida Zaporoje AESini qaytarib oladi;
◾️ Ukraina Kaxovka GESi ustidan nazoratni tiklaydi;
◾️ Ukraina Dnepr daryosi bo‘ylab (Xerson va Zaporoje viloyatlaridagi to‘qnashuv chiziqlari hududida) erkin harakatlanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi;
◾️ Ukraina Kinburn hududini o‘z nazoratiga qaytaradi;
◾️ AQSh va Ukraina tabiiy resurslardan foydalanish kelishuvi doirasida iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi;
◾️ Ukraina to‘liq tiklanadi va moliyaviy kompensasiya oladi. Bu, jumladan, Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobiga amalga oshiriladi. Ushbu aktivlar Ukrainaga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanmaguncha muzlatilgan holda qoladi;
◾️ 2014 yilda Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar barqaror tinchlikka erishilgandan so‘ng bosqichma-bosqich yengillashtirilishi mumkin. Ammo tinchlik kelishuvi buzilsa, sanksiyalar qayta joriy etiladi;
◾️ AQSh va Rossiya energetika hamda boshqa ishlab chiqarish sohalarida hamkorlik qiladi.