Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev vaqtinchalik bosib olingan hech qanday hududni Rossiyaning bir qismi sifatida huquqiy jihatdan tan olmasligini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bu Konstitusiyada mustahkamlangan hamda jahon hamjamiyatining aksariyati, shu jumladan betaraf qolishga intilayotgan mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tamoyiliy va o‘zgarmas nuqtai nazardir.
"Faqat Ukraina xalqi o‘z hududlarini belgilash huquqiga ega. Vaqtinchalik bosib olingan barcha yerlar Ukrainaga tegishlidir," - deya ta’kidladi Zelenskiy Kiyevning Svyatoshinskiy tumanida Rossiya hujumlari natijasida vayron bo‘lgan uy oldiga gul qo‘yish paytida.