Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Pentagon rahbari qimor saytida o‘z raqamini "oshkor qildi"

Pentagon rahbari qimor saytida o‘z raqamini "oshkor qildi"

AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegsetning Signal messenjerida foydalanilgan telefon raqamini internetda ochiq manbalardan topish mumkin bo‘lgan. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyidayoq bu raqamni WhatsApp, Facebook, shuningdek, sport onlayn o‘yinlari saytida ko‘rish mumkin bo‘lgan.

"Milliy xavfsizlik sirlari chet ellik raqiblar qo‘liga tushib qolish ehtimoli mavjud edi," deya ta’kidlaydi gazeta.

2024 yil avgust oyida Xegset o‘zining shaxsiy raqamidan foydalanib, "Pit Xegset" nomi ostida sportga pul tikish veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan.

Uning rafiqasiga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan raqam ikki haftadan so‘ng yana bir hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ishlatilgan.

Xegsetning raqami Airbnb kunlik uy-joy ijarasi platformasi va Microsoft Teams video qo‘ng‘iroqlar ilovasida ham aniqlangan.

Kiritildi: 21:28 25.04.2025. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!