Ukraina urushi boshlanishida Rossiya mudofaa vaziri bo‘lgan, hozirda esa Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimida ishlovchi Sergey Shoygu TASS agentligiga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirdi:
- Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga va tinchlik muzokaralariga tayyor, biroq buning uchun uning manfaatlari va joylardagi haqiqiy vaziyat to‘liq inobatga olinishi shart.
- Kremlning pozisiyasi AQSh ma’muriyatiga yetkazildi va tushunish bilan qabul qilindi.
- Yevropada Rossiya bilan harbiy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun ochiqchasiga kampaniya olib borilmoqda. 2030 yilga kelib, Yevropa siyosatchilari va harbiy xodimlari biz bilan jang qilishga tayyor bo‘lishni istayapti.
- Moskva o‘ziga yoki Belarusga nisbatan tajovuz sodir etilgan taqdirda, shu jumladan an’anaviy qurollar qo‘llanilgan holda ham, yadro qurolidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.