Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Hindiston Pokiston fuqarolaridan zudlik bilan mamlakatni tark etishni talab qilmoqda

Hindiston Pokiston fuqarolaridan zudlik bilan mamlakatni tark etishni talab qilmoqda

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Pokiston fuqarolari mamlakatni uch kun ichida tark etishi kerakligini talab qildi, deb xabar bermoqda NDTV.

Qayd etilishicha, Hindiston tomonidan Pokiston fuqarolariga berilgan amaldagi vizalarning aksariyati 27 aprel sanasidan boshlab bekor qilinadi, tibbiy vizalar esa 29 apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.

"Hozir Hindistonda bo‘lgan barcha Pokiston fuqarolari kiritilgan o‘zgartirishlarga binoan mamlakatni tark etishi shart. Hindiston fuqarolariga Pokistonga safar qilishdan qat’iy tarzda tiyilish tavsiya etiladi. Pokistonda bo‘lib turgan hindistonliklardan esa ushbu mamlakatni tark etishlarini so‘raymiz", deyiladi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

22 aprel kuni qurollangan shaxslar Hindiston nazoratidagi Kashmirda sayyohlarga hujum qilgan, natijada 28 kishi halok bo‘lgan edi. Hindiston Kashmirdagi hujum uchun javobgar shaxslarni jazolashga va’da berdi. Hujumdan so‘ng Hindiston Pokiston bilan asosiy chegara o‘tish punktini yopdi.

Kiritildi: 16:39 24.04.2025. O'qildi: 1127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!