Kiyevda Rossiyaning hujumi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga motam e’lon qilindi.
"Rossiya Qurolli Kuchlarining Kiyevga uyushtirgan keng ko‘lamli hujumi qurbonlari xotirasiga 25 aprel kuni motam e’lon qilindi", — deb xabar berdi shahar meri Vitaliy Klichko.
Ukraina rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum natijasida 9 kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq odam esa jarohat olgan.