"Bu haqdagi xabarlar mutlaqo yolg‘on. Stiv Uitkoff ham, men ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha Ukraina bilan kelishuv doirasida hech qanday muloqot qilmadik. Bunday yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish jurnalistik mas’uliyasizlik", — deb yozdi Marko Rubio X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Rubio Politico nashrida chop etilgan maqolaga shu tariqa izoh berdi. Ushbu xabarda AQSh Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvi doirasida Rossiyaga energetikaga oid sanksiyalarni, jumladan “Shimoliy oqim – 2” bo‘yicha bekor qilishni taklif etgani qayd etilgan edi.
22 aprel kuni Axios portali ham Vashington 2014 yildan beri joriy etilgan barcha sanksiyalarni bekor qilishni taklif etgani haqida yozgan. Bundan tashqari, Bild va Financial Times nashrlari “Shimoliy oqim” loyihalarini qayta ishga tushirish bo‘yicha muhokamalar haqida xabar bergan edi.